Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Barselona” mashg‘ulotida kutilmaganda paydo bo‘lgan bolakaylarni klub futbolchilari yaxshi qarshi oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Messi hamda uning jamoadoshlari bolalarni maydondan chiqarib yubormadi, aksincha, o‘zlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish uchun taklif qildi.
Shu tariqa bolakaylar YeChLning amaldagi g‘olibi hisoblangan klub a’zolari bilan kichik mashg‘ulot o‘tkazdi.
Kutilmagan holatdan hayratlangan futbolchilar ular bilan rasmga tushishga ham ulgurdi. Yakunda esa kichik muxlislarning iltimosini rad etmay, ularning futbolkalariga dastxat ham qo‘yib berishdi.
“Barselona” bugun, 16-mart kuni “Kamp Nou” stadionida YeChL nimchorak final javob uchrashuvlari doirasida Londonning “Arsenal” klubini qabul qiladi. Londondagi Emirates stadionida bo‘lib o‘tgan birinchi bellashuvda kataloniyaliklar 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishgan.
Izoh (0)