Moskva shahar Presnenskiy tumani sudi 2-mart, chorshanba kuni 4 yoshli qizchani o‘ldirishda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik ayolning ishini ko‘rib chiqadi. Bu haqda, sud matbuot kotibi Nina Yurkovaning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 29-fevral, dushanba kuni Moskva shimoli-g‘arbidagi yong‘in yuz bergan xonadonda boshsiz qizning tanasi topildi. Oradan bir necha soat o‘tib “Oktyabrskoye pole” metro bekatida shu qizning enagasi, o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova hibsga olingan.
Xabar berishlaricha, uning qo‘lida qizchaning boshi bo‘lgan. Keyinroq, “Interfaks” xabariga ko‘ra, ayol aybiga iqror bo‘lib, ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)