BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 26-fevral, juma kuni Yevropa mamlakatlari hukumatlarini qochoqlar uchun chegarani yopmaslikka va odamlarga boshpanaga ega bo‘lish uchun ko‘proq imkoniyat berishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Pan Gi Mun Bolqon davlatlari, jumladan, Avstriya, Sloveniya, Xorvatiya, Serbiya va Makedoniya chegaralarida cheklovlarning kuchaytirilganligini “katta xavotir” bilan kuzatmoqda.
Pan Gi Munning fikricha, bu kabi cheklovlar “1951-yilgi Qochoqlar maqomi haqidagi konvensiya va 1967-yilgi qo‘shimcha protokolga muvofiq kelmaydi”.
Izoh (0)