Ukrainaning Kiyev shahridagi Xmelnitskiy ko‘chasida joylashgan binoning tom qismi beshinchi qavatdan birinchi qavatgacha qulab ketdi. Vayronalar ostidan olti nafar quruvchi qutqarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Biroq yana bir quruvchining jasadi topilgan. Binoning boshqa qismlari qulab ketishi xavfi mavjudligi tufayli quruvchi tanasini chiqarib olishning imkoni bo‘lmagan.
Shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga qaraganda, qutqaruvchilar yana kamida bir sutka davomida faoliyatini davom ettiradi. Qulab ketgan bino qismlari ostida yana odamlar bo‘lishi mumkinligi uchun qutqaruv ishlari davom etmoqda. Mahalliy aholidan iborat ko‘ngillilar ham unda qatnashmoqda.
Izoh (0)