Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari oldidan mash’ala estafetasi Braziliyaning 329 shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Insidethegames’ga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Olimpiada mash’alasi 21-aprel, payshanba kuni Qadimiy Olimpiya (Gretsiya)da yoqiladi. Estafeta esa 3-may, seshanba kuni Brazilia shahridan boshlanib, 5-avgust, juma kuni Rioda yakunlanadi.
“Estafeta orqali biz millionlab insonlar yodida uzoq vaqt esda qoladigan bayramni o‘tkazishga berilgan va’damiz ustidan chiqamiz. Biz madaniyatimiz xilma-xilligi va tabiatimizni namoyish qilmoqchimiz”, — deydi 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi prezidenti Karlos Nuzman.Rio—2016 o‘yinlari 2016-yilning 5-avgustidan 21-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)