Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroqning Diyala viloyati politsiyasi rahbari, polkovnik Xolid al-Karaxiy unga qarshi uyushtirilgan suiqasd oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda, viloyat xavfsizlik qo‘mitasi raisi Sodiq al-Husayniyga asoslanib, “TASS” axborot berdi.

Foto: Iraqi News

Foto: Iraqi News

Aytilishicha, politsiya rahbarining mashinasi viloyat markazi – Baquba shahrining janubiy qismida portlatib yuborilgan. Joriy ma’lumotlarga qaraganda, portlovchi uskuna al-Karaxiyning xizmat mashinasi ostiga joylashtirilgan va uning avtoulovga o‘tirishi bilan harakatga keltirilgan.Portlash chog‘ida polkovnik bilan birga bo‘lgan politsiya zobiti ham halok bo‘lgan.

Diyala tergov organlarining fikricha, teraktda IShID guruhi tarafdorlarining qo‘li bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)