Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston shimolidagi Xaryana shtatida jat tabaqasi vakillari ishtirokidagi tartibsizliklar natijasida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.

Foto: Armenpress

Foto: Armenpress

Yana 200 dan ortiq odam jarohat olgan.

Avvalroq jat tabaqasi vakillari hukumatdan davlat apparati va o‘quv muassasalarida ularga ko‘proq joy ajratishni talab qilib, namoyishlar o‘tkaza boshlaganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Namoyishchilar Dehli shahrini suv bilan ta’minlab turuvchi kanalni to‘sib qo‘ygan edi. Natijada shahar maktablari yopilgan va suvni iste’mol qilish bo‘yicha me’yor joriy etilgan edi. Keyinroq hind harbiylari kanalni o‘z nazorati ostiga olgan edi.

Bundan tashqari, Xaryana va boshqa shtatlar o‘rtasidagi transport aloqalari buzilgan, mingdan ortiq temiryo‘l reyslari bekor qilingan.

Tartibsizliklar hududiga 1,2 ming harbiy xizmatchi yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi