AQShning Texas shtatidagi Heritage Auctions savdo uyi tomonidan tashkil etilgan kimoshdi savdosida Apple korporatsiyasining asoschisi Stiv Jobsga tegishli bir nechta shaxsiy buyumlar sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Eng mashhur lotlardan biri Jobs 1980-yillarning boshlarida foydalangan qo‘l soati bo‘ldi. Yaponiyaning Seiko firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu soat ismi oshkor etilmagan xaridor tomonidan 42,5 ming dollarga sotib olindi.
Yana bir noyob lot Jobs 30 yil avval foydalangan eski shippak bo‘ldi. Germaniyaning mashhur Birkenstock firmasi tomonidan chiqarilgan eski shippak 2,7 ming dollarga sotildi. Kimoshdi savdosida sotilgan boshqa buyumlar qatoridan Jobs yangi mahsulotlarning taqdimotida doim kiyadigan qora vodolazka, Apple logotipi tushirilgan ruchka, shaxsiy tashrif qog‘ozlari, shuningdek, pochta kvitansiyasi ham bor.
Barcha sotilgan narsalarning qiymati 70 ming dollardan ortiq bo‘ldi. Buyumlarni savdoga Jobsning uy xo‘jaligini uzoq vaqt davomida boshqargan sobiq tanishi Mark Sheff qo‘ygan.
Izoh (0)