Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Missisipi shtatida 20-fevral, shanba kuni yuz bergan otishma natijasida bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Yana uch nafar tartib qo‘riqchisi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAVlar ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Ma’lum qilinishicha, hodisa Ayyuka shahrida yuz bergan. U yerdagi uylardan birida qurollangan erkak barrikada qurib olib, ayol kishi va bolani tutib turgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar bir soat davomida erkak bilan muzokaralar olib borgan. Biroq erkak taslim bo‘lishdan bosh tortib, o‘t ochgan.

Tartib qo‘riqchilaridan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Uch nafar yaralangan politsiyachi shifoxonaga yetkazilgan. Erkak unga javoban o‘q uzish natijasida o‘ldirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ayol va bola jabrlanmagan. Politsiya hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov