“Barselona” hujumchisi Neymar o‘z vatanida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada bahslarida ishtirok eta olmasligi mumkin, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Kataloniyaliklar 24 yoshli hujumchini Olimpiadaga qo‘yib yuborishni istamayapti. Agar Neymar Rio-de-Janeyroga borgan taqdirda ham, buning uchun “Barselona” o‘z shartlarini qo‘yadi. Ya’ni, klub musobaqa davomida hujumchining maoshini to‘lashni istamayapti va bu ishni Braziliya futbol federatsiyasi gardaniga qo‘ymoqchi. Shuningdek, Neymar jarohat olsa, “Barselona”ga sug‘urta puli va’da qilinishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Olimpiadaga ketgan taqdirda, “Barselona” mabodo Yevropa Superkubogi va Ispaniya Superkubogida ishtirok etsa, braziliyalik hujumchi maydonga tusha olmaydi. Braziliya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga Olimpiada o‘yinlariga Neymar, Miranda va Alissonni taklif etishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)