Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya o‘zining xavfsizligiga tahdid qiluvchi terrorchilarga qarshi xorijda operatsiyalar o‘tkazishga haqqi borligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Turkiyada Suriyada va terrorchi guruhlar joylashgan boshqa hududlarda operatsiyalar o‘tkazishga to‘la huquq bor. Chunki bu oldimizda turgan xavfga qarshi kurashning bir qismi”, — deya ta’kidlagan prezident.
Erdo‘g‘onning bildirishicha, bunday operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida “hududiy yaxlitligini mustaqil ta’minlay olmaydigan davlatlar suvereniteti buzilishi haqida gapirishning hojati yo‘q”.
Izoh (0)