AQShning Texas shtatida 31 mahbusni 2 kuzatuvchi nazorati ostida olib ketayotgan qamoqxona avtobusi kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Shaxsiy avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi, mahbuslarning 21 nafari esa jarohat oldi, deb xabar beradi CBSNews.
Texas kriminal adliya departamenti vakili Robert Xyorstning so‘zlariga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilarining hech biri hayotga xavf soluvchi jarohat olmagan. Shunday bo‘lsa-da, 21 nafar mahbus va bir kuzatuvchi mahalliy shifoxonaga yotqizilgan, qolganlar esa Geytsvil shahridagi qamoqxona gospitaliga ko‘rik uchun olib borilgan.
Texas jamoat xavfsizligi departamenti sodir bo‘lgan voqea yuzasidan taftish o‘tkazmoqda. Aniqlanishicha, pikap haydovchisi qayrilish uchun to‘xtagan va qarshisidan kelayotgan avtobusni ko‘rmay qolgan.
Izoh (0)