AQSh prezidenti Barak Obama Suriya kurdlarini Turkiya hamda mo‘tadil muxolifatga nisbatan provokatsiyalarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “Segodnya.ua” sayti xabar bermoqda.
Aytilishicha, Obama 19-fevral kuni turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat chog‘ida AQSh rahbari Turkiya o‘z sarhadlarini mudofaa qilish huquqiga ega ekanligini yana bir bora ta’kidlab o‘tgan.
Shuningdek, Obama Suriya kurdlarining “O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq otryadlari” guruhi faollashgani munosabati bilan tashvishda ekanligini bildirgan. U mazkur harakat faollarini Turkiya hamda Suriya mo‘tadil muxolifati bilan kelishmovchiliklarga borib, IShIDga qarshi kurash ishiga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirgan. Shuningdek, Turkiya NATO tomonidan terrorchilikka qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlanishiga ishontirgan.
Izoh (0)