Finlyandiyada Pepsi Max alkogolsiz ichimligining idishiga yanglishib pivo joylangan. Shundan keyin ular mamlakat do‘konlariga sotuvga chiqishga ulgurgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Bu haqda Laxti shahrida yashovchi fuqaro gazli ichimlik bankasini 13 yoshli o‘g‘li uchun xarid qilgandan keyin ma’lum bo‘lgan. Xaridorning o‘g‘li otasiga Pepsi’ning g‘alati ta’midan shikoyat qilgan. Shundan keyin erkak suyuqlikni tatib ko‘rgach, uning pivo ekanligini aniqlagan.
Ichimliklarni ishlab chiqaruvchi Hartwall kompaniyasi ikki marta yuqoridagi kabi shikoyat qilinganligi holatini tasdiqladi va bu holatni quyish tizimidagi xatolik bilan izohladi. Hozirgi paytda ichimlikning o‘sha partiyasi qaytarib olingan.
Izoh (0)