Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainada 2015-yil sentabr oyida boshlangan epidemiya mavsumi davomida bugunga qadar gripp va uning asoratidan nobud bo‘lganlar soni 313 kishiga yetdi. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.

Foto: “Gazeta.kg”

Foto: “Gazeta.kg”

“Epidemiya mavsumi boshlangan vaqtdan hozirga qadar gripp va uning asorati tufayli 313 ta laboratoriya sharoitida tasdiqlangan o‘lim holati qayd etildi. Vafot etganlar orasida 17 yoshga to‘lmagan besh nafar bola va ikki nafar homilador ayol ham bor”, ― deya ta’kidlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Odessa viloyatida ― 40 ta, Kiyevda ― 37 ta, Cherkassk viloyatida ― 22 ta, Donetsk viloyatida ― 24 ta va Lvov viloyatida ― 18 tadan iborat eng ko‘p o‘lim holati aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada jami 292 ta gripp va uning asoratlaridan o‘lim holati qayd etilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSHda yana otishma! Virjiniyadagi bitiruv marosimida ikki kishi halok bo‘ldi
Qo‘ziqorin
Amerikalik ayol ikki oy ichida ketma-ket ikki marta lotereyada 1 mln dollar yutib oldi
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda