Janubiy Afrikadagi Evraz Highveld Steel & Vanadium kompaniyasi muvaqqat boshqaruvchilari mazkur po‘lat quyish zavodini yopishi mumkin. Bu haqda Bloomberg bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
2015-yil iyul oyida Evraz Highveld Xitoyda importning oshib borishi muhitida po‘latga bo‘lgan ichki talabning kamayishi va ishchi kapitalning yetishmasligi oqibatida po‘lat quyishni to‘xtatib turishini ma’lum qilgan edi.
Abramovichga tegishli bo‘lgan ushbu zavodning yopilishiga asosan po‘latga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)