Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida yashovchi Stefani Maldonado ismli qiz kutilmaganda yetim qolgan opossum (Amerikada yashaydigan qopchiqli kalamush) bolalariga g‘amxo‘rlik qila boshladi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hayvonchalarning onasini Stefanining amakisiga tegishli bo‘lgan it o‘ldirgan. Opossum bolalari og‘ir ahvolda qolganda, Stefanining Pretinya laqabli iti yordamga keldi va ularning ko‘nglini ola boshladi.
Natijada, kichik opossumlar kuchga to‘lib, tutingan onasining yelkasida sayrga chiqa boshladi.
Izoh (0)