Volkswagen konserni Xitoyda avtomobil ishlab chiqarish uchun to‘rt milliard yevrodan ziyod (4,5 milliard dollarga yaqin) sarmoya kiritadi. Bu haqda konsernning Xitoy bo‘linmasi boshlig‘i bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yo‘ltanlamas va tarmoqdan quvvat oladigan elektromobillarning yangi rusumlari ishlab chiqariladi. Xususan, joriy yilning ikkinchi yarmida Xitoyda Audi A6 rusumli avtomashinaning gibridli (ham yoqilg‘i ham elektr yordamida harakatlanadigan) turi paydo bo‘ladi.
Xitoy avtomobil sanoati uyushmasining ta’kidlashicha, mamlakatdagi avtomobil savdosi 2015-yilda 24,6 million donani tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2014-yilga nisbatan 4,7 foizga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, Meksika Volkswagen konsernining mahalliy bo‘linmasiga nisbatan jarima qo‘llagan edi.
Izoh (0)