Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq qo‘shinlari yaqinda IShID terrorchi guruhidan ozod qilingan Ramadi shahrida o‘nlab tub aholi vakili dafn etilgan ommaviy qabrga duch keldi. Bu haqda Iroq xavfsizlik kuchlari vakili bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ma’lum qilinishicha, kamida 50 nafar tinch aholi vakilining jasadi ko‘milgan ommaviy qabr shaharning sharqiy qismida, As-Sufiya tumanida topilgan. Qabrda IShID tarafdorlari Ramadi shahrini egallab turgan vaqtda qiynab o‘ldirilgan ayol va bolalarning tana qoldiqlari ham borligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Iroqning Sinjor shahri yaqinida kamida 110 ta kurd-yazid millati vakillari jasadlarining qoldiqlari bo‘lgan ommaviy qabr aniqlangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Shayxontohurda eng yuqori: Toshkentda uylarning ijara narxlari ketma-ket ikkinchi oy pasaydi
Mahalliy
O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi
Mahalliy
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi