Suriya prezidenti Bashar Asad yarashish davri quroldan foydalanishni taqiqlashni anglatmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
“Vaqtinchalik sulh davri birinchi navbatda terrorchilarga o‘z pozitsiyalarini kuchaytirishga imkon bermaslikni anglatadi. Qurol-yarog‘lar, qurilmalar, terrorchilarni joylashtirish yoki pozitsiyalarni mustahkamlashga ruxsat berilmaydi”, — dedi davlat rahbari.
Asadning ma’lum qilishicha, vaqtinchalik sulh davri shartlarini hafta davomida tayyorlashning imkoni yo‘q. Uning so‘zlariga qaraganda, buning uchun kimni terrorchi, deb hisoblash kerakligini aniqlab olish zarur. U davlatga qarshi kurashayotgan barchani terrorchi, deb hisoblashini ma’lum qildi.
Izoh (0)