Janubiy Koreya mudofaa vaziri Xan Min Gu mamlakat hukumati KXDR tomonidan tahdidning oshib borayotganligiga qaramasdan, o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Hozirgi paytda hukumat yadroviy qurollanish bo‘yicha hech qanday rejalarni ko‘rib chiqmayapti”, — dedi Janubiy Koreya mudofaa boshqarmasi rahbari.
U, shuningdek, “jamoatchilikning mamlakatda yadro qurolini joylashtirish haqidagi undovlari va KXDR yadro dasturiga nisbatan pushaymonlik” boshqarmaga yaxshi ma’lumligini ta’kidladi.
“Biz ularga diqqat bilan quloq solmoqdamiz”, — dedi Xan Min Gu.
Koreya yarim orolidagi vaziyat KXDR tomonidan 6-yanvar kuni yadro sinovi o‘tkazilishi va 7-fevralda sun’iy yo‘ldoshga ega raketa uchirilishidan keyin keskinlashdi.
Izoh (0)