Rossiyadagi trassalarning birida noma’lum shaxslar tomonidan qordan yasalgan Yo‘l-patrul xizmati inspektori o‘rnatildi. Suratni Rossiya IIV Twitter’dagi sahifasiga joyladi.
Qordan yasalgan Yo‘l-patrul xizmati inspektori va tezlikni pasaytirishga undovchi belgiga “Tezlikni pasaytirishga undovchi yo‘l qavariqlarining ham, yo‘l harakati belgilarining ham foydasi bo‘lmagach, qordan yasalgan YPX inspektori ishga kirishadi”, ― mazmunidagi yozuv ilova qilingan.
“Ural1.ru” nashrining ma’lum qilishicha, qor odam Chelyabinsk shahri yaqinidagi trassalarning birida o‘rnatilgan.
Izoh (0)