Islom Karimov raisligida 11-fevral kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Prezident Jamg‘arma tashkil etilganidan buyon, xususan, 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning ahamiyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi.
Majlisda ta’kidlanishicha, bugungi kunda qiz bolalarning 47 foizi, qishloq joylarda esa 44,7 foizi sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Bu ko‘rsatkichlar 2005-yilda 24 foizni, jumladan, qishloq joylarda 22 foizni tashkil etgan, xolos.
Viloyatlar miqyosida olib qaraganda, 2015-yilda qiz bolalarning sport bilan shug‘ullanishi Farg‘ona viloyatida 47,6 foizni, Namangan viloyatida 47,5, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 47,4 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, 2015-yilda sport bo‘yicha murabbiy va o‘qituvchilar 2005-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paygan, jumladan, ayol sport ustozlari 3,8 barobar oshgan.
Izoh (0)