Fransiya prezidenti Fransua Olland Jan-Mark Eroni mamlakat tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
Kuni kecha, 11-fevral kuni prezident mamlakat TIVning bundan oldingi rahbari Loran Fabiusning nomzodini Konstitutsiyaviy sudning rahbari lavozimiga ilgari surishini ma’lum qilgan edi.
Ero 2014-yilga qadar Fransiya bosh vaziri lavozimini egallab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya TIV rahbari Loran Fabius iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)