Rossiya Federatsiya kengashining Buryatiya Respublikasidan senatori Arnold Tuloxonov Rossiya poytaxtini mamlakatning o‘rtasiga ko‘chirishni taklif qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Novosibirsk, Sverdlovsk (hozir Yekaterinburg) – istalgan shahar. Poytaxtni Moskvadan ko‘chirish kerak. Poytaxt mansabdorlarga emas, aholiga qulay bo‘lishi uchun o‘rtada bo‘lishi lozim. Bugun yuk jo‘natishning 75 foizi Moskva orqali amalga oshirilmoqda. Yakutskdan Chitaga yetib olish uchun Moskva orqali o‘tishga to‘g‘ri kelmoqda”, — dedi senator Ulan-Udedagi matbuot anjumanida.
Uning fikricha, poytaxtni ko‘chirish uchun asosiy sabab iqtisodiy sababdir. U poytaxtini Olmaotadan Ostonaga ko‘chirgan Qozog‘iston tajribasini muvaffaqiyatli misol tariqasida keltirdi.
“Endi Ostonadan mamlakatning turli tomoniga roppa-rosa uch soatda yetish mumkin. Bizda esa Chukotkadan Moskvaga yetish uchun qancha uchish kerak?” — dedi senator.
Izoh (0)