AQSh prezidenti Barak Obama gravitatsiya to‘lqinlarining mavjudligini tasdiqlagan olimlarni tabrikladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Eynshteyn haq bo‘lgan! — deb yozdi Amerika ma’muriyatining rahbari Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida. – Milliy fan jamg‘armasi va LIGO loyihasi tomonidan gravitatsiya to‘lqinlarining aniqlanganligi – bizning olam haqidagi tushunchamiz uchun ulkan yangilik bilan tabriklayman”.
Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Milliy fan jamg‘armasi gravitatsiya to‘lqinlarining mavjudligi isbotini bir vaqtning o‘zida ikki – Luiziana va Vashington shtatlaridagi observatoriyalar tomonidan 2015-yilning 14-sentabr kuni qo‘lga kiritilganligini ma’lum qilgan edi.
Aniqlashga erishilgan to‘lqinlar manbasi Yerdan milliard yorug‘lik yili masofasidagi ikkita qora tuynukning o‘zaro tutashishi bo‘lib chiqdi.