O‘zbekiston akademik doiralarining ikki nafar vakili Qozog‘iston xalq Assambleyasining 20 yilligi sharafiga “Qazaqstan xalqi Assambleyasina 20 jil” yubiley medallarini oldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoyishi bilan berilgan mukofotlarni topshirish marosimi 10-fevral kuni mamlakatning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, faxriy mukofotlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Zamonaviy tarix va xalqaro tadqiqotlar” bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, falsafa fanlari nomzodi Ravshan Nazarov va Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining dotsenti, tarix fanlar nomzodi Alisher Sobirovga topshirilgan.