AQSh prezidenti Barak Obama selfiga tushish yoqmasligi, chunki bu yangilik insonlar o‘rtasidagi muomala, xususan, qo‘l berib ko‘rishish o‘rnini bosayotganidan nolidi. Bu haqda davlat rahbari Sprinfild shahridagi (Illinoys shtati) “Xuglend” san’at markazida tarafdorlari o‘rtasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi BuzzFeed.
“Birinchi saylovoldi poygasini boshlayotganimda smartfonlar bo‘lganida edi, prezidentlikka da’vo qilgan bo‘lishim mumkinligiga shubha bilan qarayman. Hozir odamlarda telefon bor, ular bir-birini qo‘lini siqishi shart emas. Bugun selfiga tushmaymiz, balki sizlar istagancha bir-birimizning qo‘llarimizni siqamiz”, — deya da’vat qilgan prezident.
Obama o‘tgan oyda Vashingtonda, Kongressga yillik murojaati chog‘ida selfi tushish haqidagi iltimosni rad etgandi.
Izoh (0)