O‘tgan yili sportdagi faoliyatini yakunlagan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Londonning Mount Street ko‘chasidagi savdo markazida qimmatbaho xaridlarni amalga oshirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Mayfair do‘konida 38 yoshli bokschi 400 ming funt sterlingga (580 ming dollar) zargarlik ashyolari bilan bezalgan soat sotib oldi. Shuningdek, Meyvezer Christian Louboutin va Balmain do‘konlarida ham bo‘ldi. Fotoda aks etgan paketlarga qaraganda, bokschi ularga ham ancha aqcha sarflagan ko‘rinadi.
O‘tgan yili Menni Pakyaoga qarshi o‘tkazgan birgina jangi uchun 300 million dollar ishlab olgan Floyd uchun bu xarajatlar ko‘pam malol kelmasligi aniq.
Izoh (0)