Angliya premyer-ligasi o‘zining rasmiy saytida kelgusi mavsum boshidan qo‘llaniladigan yangilangan logotipni namoyish etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Birinchilikning yangi emblemasi APLga 1992-yilda asos solinganidan beri foydalanib kelingan logotipni almashtiradi. Shuningdek, kelgusi mavsumdan boshlab liganing rasmiy nomidan Barclays homiylik qo‘shimchasi olib tashlanadi.
Logotip dizayni DesignStudio va Robin Brand Consultants agentliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, Premyer-liga yangi strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
“Mazkur qaror tashkilot va musobaqa sifatida o‘zimizni qanday tasavvur etayotganimizni qaytadan ko‘rib chiqishga imkon berdi. Afsonaviy sherga yangicha nigoh tashlash bugungi kun talablariga javob beradi, shu bilan birga, turnir an’analariga sodiqlikni aks ettiradi”, — deya yangilikni sharhlagan Premyer-liga direktori Richard Masters.
Izoh (0)