Londondagi Lambert ko‘prigida Jeki Chan ishtirokidagi yangi “Xorijlik” filmini suratga olish jarayonida avtobus portlatib yuborildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ammo politsiyadagilar portlash film sahnasi uchun uyushtirilganini aytib, tinchlantirdi.
“Bugun Lambert ko‘prigida portlashlarni ko‘rsangiz yoki eshitsangiz, tashvishlanmang. U yerda film suratga olinmoqda, baland ovozli maxsus effektlardan foydalanilmoqda”, — deya o‘z Twitter’ida ma’lum qildi London dengiz politsiyasi.
Tartib posbonlari, shuningdek, ko‘prik yopilganligini bildirdi.
Izoh (0)