Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan “Marsel” — “PSJ” o‘yini arafasida “Marsel” ishqibozlari raqib o‘yinchilari bilan adashtirib, xitoylik sayyohlar bo‘lgan avtobusga hujum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir guruh yoshlar mehmonxona oldida futbolchilar tushgan avtobusni kutib turgan, u esa xitoylik sayyohlarga hujumdan besh daqiqa o‘tib yetib kelgan.
Ishqibozlarning xatosi mehmonxona xavfsizlik xizmatiga sportchilarni ortiqcha daxmazalarsiz kutib olib, joylashtirishga imkon bergan.
Izoh (0)