Xama provinsiyasining shimolida “Jaysh al-Fath” guruhining 40 nafarga yaqin jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda SANA agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hujum davomida “Grad” sinfiga mansub raketa ombori ham vayron qilingan.
Voqea tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
BMTning ta’kidlashicha, Suriyada 2011-yil mart oyidan buyon davom etayotgan qurolli mojaro oqibatida 220 mingdan ziyod odam qurbon bo‘ldi.
Izoh (0)