Kremlda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga taalluqli biror bir buyruq tayyorlanganligi haqida ma’lumot yo‘q. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov respublikaning amaldagi rahbari vakolati muddatining yaqin vaqt ichida tugashi haqidagi xabarni shu tariqa izohladi, deb xabar beradi “RBK”.
“Biror bir buyruq tayyorlanganligi haqida menga ma’lum emas. Lekin, adashmasam, Qodirovning vakolat muddati tugashiga hali ancha vaqt bor”, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimidagi vakolatlari yaqin vaqt ichida tugashini unga jurnalistlar eslatganligini ma’lum qilgan edi.
“Ma’lum bo‘lishicha, Checheniston Respublikasi rahbari lavozimidagi vakolatlarim muddatining tugashi yaqinlashmoqda. U ikki oydan so‘ng tugaydi”, — deb yozdi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Izoh (0)