GM Uzbekistan’ning Asakadagi avtozavodi faoliyati har yil boshida amalga oshiriladigan reja bo‘yicha profilaktika ishlari sabab qisqa muddatga to‘xtatilgan. Bu haqda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda GM Uzbekistan’ning Asakadagi avtozavodi ishlamayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. “O‘zavtosanoat” axborot xizmatining qayd etishicha, zavod har yil boshida profilaktika ishlari uchun qisqa muddatga ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
Hozirgi vaqtda Asakadagi avtozavodda T250 (Chevrolet Aveo; eksportga Ravon Nexia nomi bilan chiqarilishi kutilmoqda) platformasidagi yangi modelni ishlab chiqarish uchun so‘nggi sozlash va montaj ishlari olib borilmoqda.
“Zavod kelasi haftadan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi”, — deydi “O‘zavtosanoat” axborot xizmati vakili.
Izoh (0)