Amerika federal hukumatining qarzi rasman 19 trillion dollar ko‘rsatkichdan oshdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi press-relizida ma’lum qilingan. Summa mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 103 foizini tashkil etadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Jami summadan 13,7 trillion dollari bevosita kompaniyalar va jismoniy shaxslar tutib turgan ommaviy qarzlarga to‘g‘ri keladi. Yana 5,3 trillioni hukumatning Federal zaxira tizimi oldidagi ichki qarzlari hisoblanadi.
Barak Obamaning prezidentlik davrida davlat qarzlari yetti yil ichida sakkiz trillion dollarga oshib, deyarli ikki barobarga ko‘paydi. Undan avvalgi prezident kichik Jorj Bushning boshqaruv davrida ham davlat qarzlarining o‘sishi xuddi yuqoridagi kabi sur’atni ko‘rsatgan edi.
Izoh (0)