Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Kosmik infratuzilmaning yerdagi obyektlari ekspluatatsiyasi markazi” Federal davlat unitar korxonasi (Rossiya kosmodromlari) “Boyqo‘ng‘ir” va “Vostochniy” kosmodromlarida yerdagi kosmik turizmni rivojlantirish loyihasi doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiluvchi sayyohlik operatorlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda “Roskosmos” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

40 dan ortiq sayyohlik operatorlari “Boyqo‘ng‘ir” va “Vostochniy” kosmodromlariga sayohatlarni tashkil etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ulardan 26 tasi Rossiya hududidagi sayyohlik operatori, yettitasi Qozog‘iston va bittasi O‘zbekistonning sayyohlik operatoridir.

“Yerdagi kosmik turizmni rivojlantirish kosmosni ommalashtirish va ushbu soha faoliyatiga qiziqishni oshirishga imkon beradi”, — deydi “Kosmik infratuzilmaning yerdagi obyektlari ekspluatatsiyasi markazi” FDUKning bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ra’no Jo‘rayeva.

Ro‘yxatga kiritilmagan sayyohlik kompaniyalari kosmodromlarga sayyohlik tashriflarini tashkil eta olmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi