Misr Ichki ishlar vazirligi Rossiya A321 samolyotining Sinay yarimorolidagi halokati bilan bog‘liq hibsga olishlar amalga oshirilmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligining vazirlik bayonotiga tayanib bergan ma’lumoti asosida “RBK” xabar beradi.
“OAVlardagi quruq muhokamalarga qaramasdan, biz qat’iylik bilan shuni ma’lum qilamizki, Metrojet aviahalokati sabablarini aniqlash yuzasidan davom ettirilayotgan surishtiruv mobaynida hech qanday hibsga olish amalga oshirilmadi”, — deyiladi Misr IIV xabarida.
29-yanvar kuni Reuters manbalari amakivachchasi IShID jangarilariga qo‘shilib ketgan EgyptAir aviakompaniyasining muhandisi hibsga olinganligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, aeroportda ishlagan ikki politsiyachi va bombani samolyot bortiga yetkazishga yordam berishi mumkin bo‘lgan yuklarni ortuvchi shaxs ham qo‘lga olinganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)