Ko‘pincha oziq-ovqatlarni bir hafta, ba’zan ikki hafta oldinroq sotib olishga to‘g‘ri keladi. Ba’zilar bir necha oy, hattoki bir necha yil uchun zaxira tayyorlab qo‘yadi. Afsuski, ko‘pchilik mahsulotlar tezda ayniydi va pulimiz kuygani qoladi. Biroq shunday mahsulotlar borki, ular ko‘p yillar davomida buzilmay tura oladi. “Ayol.uz” nashri ularning ba’zilarini keltirib o‘tdi.
Oq guruch
Guruchning xillari ko‘p. Aynan oq guruch 30 yilgacha o‘z holicha saqlanishi mumkin. Biroq buning uchun u vakuumli konteynerda salqin haroratda turishi kerak. Jigarrang guruchning saqlanish muddati — olti oy.Asal
“Asal aynimas”, — deganlaricha bor. U to‘g‘ri saqlangan taqdirda bir nechta avlodgacha yetib borishi mumkin.Osh tuzi
Biz sotib oladigan tuz odatda besh yilgacha yaroqli bo‘ladi. Bu unga yod qo‘shilishi bilan bog‘liq. Ta’kidlash joiz, tuz nafaqat taomni xushxo‘r qilish uchun, balki boshqa mahsulotlarni saqlash uchun ham qo‘l keladi.Soya qaylasi
Soya qaylasining saqlanish muddati unga aynan nimalar qo‘shilganiga bog‘liq. Agar u toza qayla bo‘lsa, uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Biroq uning o‘rami ochilgach, u sovitgichda turishi kerak.Quritilgan loviya
Olimlar ta’kidlashicha, vaqt o‘tgani sari loviyaning sifati pasayib boradi, biroq u 30 yilgacha yeyish uchun yaroqli bo‘lib qoladi.Sut kukuni
Haqiqiy sutdek mazali bo‘lmasa-da, sut kukuni unga nisbatan ancha ko‘p “umr ko‘radi”. Ta’kidlash joiz, qadoqlangan sutlarning ko‘pchiligi aynan kukundan tayyorlangan bo‘ladi.Shakar
Ushbu mahslotni ham bemalol bir necha yil uchun zaxira qilib qo‘yish mumkin. Uning havo orqali namlikni singdirib olish qobiliyati bo‘lib, bu boshqa mahsulotlarni ham quruq saqlash imkonini beradi.
Izoh (0)