Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Rajastxan shtatida 29-yanvar, juma kuni o‘quv mashg‘ulotlari davomida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Yana uch nafar chegarachi og‘ir yaralandi. Bu haqda India TV telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Hodisa Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahridan 310 kilometr masofadagi Kishangarx poligonida yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chegarachilar mashqlarni bajarish chog‘ida snaryad portlab ketgan o‘quv maydonida bo‘lgan. Bir nafar askar hodisa joyida halok bo‘lgan, uch nafari og‘ir jarohatlangan. Ular vertolyotda qo‘shni Jodxpur shahriga yetkazilgan.
Chegara kuchlari qo‘mondonligi hodisa yuzasidan chuqur surishtiruv o‘tkazishga va o‘quv otishmalari xavfsizligini oshirish bo‘yicha bir qator choralar qabul qilish haqida buyruq berdi.
Izoh (0)