VimpelCom’ning Rossiya bo‘linmasi (Beeline savdo belgisi) bosh direktori Mixail Slobodin dam olish kunlarida mehmonlari uchun o‘zbekcha osh tayyorladi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Mobinfo.uz”.
Ushbu izohlarga osh tayyorlash jarayoni aks ettirilgan suratlar, shuningdek, Beeline bosh direktori tomonidan tayyorlangan oshning surati ilova qilingan.
“Bugun mehmonlarni kutib oldim. Ular uchun osh tayyorladim. Osh mazali, to‘yimli va ta’kidlash joizki, hamyonbop bo‘ldi. Xullas, osh tayyorlash vaqtida muzlab qolganim bekor ketmadi”, — deb yozdi u.
Slobodin, shuningdek, hayotida birinchi marta osh tayyorlaganligini (retsept bo‘yicha) ta’kidlab o‘tgan. Osh uchun u qo‘y go‘shtidan foydalangan.
Izoh (0)