Dog‘istonda “Tigr” zirhli avtomobili “Gazel”ga kelib urilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
Dog‘istonda jazoni ijro etish federal xizmati boshqarmasi xodimlari bo‘lgan “Tigr” zirhli avtomobili “Gazel” markasidagi marshrutkaga kelib urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hodisa 23-yanvar, shanba kuni, “Kavkaz” federal avtoyo‘lining 746-kilometrida, Xasavyurt tumanining Toturbiyqal’a aholi punkti hududida sodir bo‘lgan. Halokat “Tigr” qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgani tufayli ro‘y bergani bildirilgan.
Mazkur hodisada 18 kishi jabrlangani, ulardan bir necha kishi og‘ir jarohat olgani aytilmoqda. Ular Xasavyurt va Qizilyurt kasalxonalariga yetkazilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar