Shimoliy Qozog‘iston viloyatida yil boshidan buyon uchta gripp bilan kasallanish holati qayd etilib, bemorlarning birida “cho‘chqa grippi” deb ataluvchi H1N1 virusi aniqlangan. Bu haqda “Nur.kz” xabar qilmoqda.
Cho‘chqa grippiga chalingan bemor davolanmoqda. Bemor shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilganligi sababli kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi.
Ta’kidlanishicha, hududdagi epidemiologik holat umuman olganda barqaror. Epidemiologlar gripp va shu kabi boshqa shamollash kasalliklarini yanvar oyining oxiri va fevral oyining boshida avj olishini kutmoqda. Uning ikkinchi oqimi esa mart oyiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)