O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining “Talabalar ittifoqi” (Students’ Union) tarkibidagi “GDC — Girls development club” qizlar klubining navbatdagi seminar-treningida taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi, deya xabar bermoqda universitetning Facebook’dagi sahifasi.
“Qalampir.uz”ning yozishicha, Dilnoza Kubayeva trening davomida go‘zallik, maftunkorlik va betakror ayol bo‘lish sirlari haqida ham so‘z ochdi.
“Ko‘chada akam yoki ukam olib yuradi. Ba’zan kalta yubka, ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ko‘rib uyalib ketaman”, — dedi Dilnoza Kubayeva.
“Teatrimizda bir aktrisamiz bor, sochlari to‘zib yuradi, hamma erkaklardan dashnom eshitadi. Gap-so‘zlar ta’sir qilib, qani endi o‘zgarsa...”, — dedi aktrisa.
Izoh (0)