Buyuk Britaniyaning Morkam shahrida yashovchi Syu va Noel Redford 19-farzandi dunyoga kelishini kutayotganini ma’lum qildi. 40 yoshli Syu homiladorlikning 12-haftasida, deya xabar beradi The Sun.
“Bu narsa biz uchun katta syurpriz bo‘ldi. ‘Shuncha bola yetadi, bas’, degan qarorga kelgandik, lekin Yangi yil bizga kutilmagan hadya berdi”, — deydi ayol.
Oila 45 yoshli Noel egalik qiladigan novvoyxona daromadi hisobiga yashaydi. Redfordlar kredit kartalaridan umuman foydalanmasliklari bilan faxrlanadi.
Ilk bor Syu 14 yoshida homilador bo‘lgandi. O‘shanda ikki yosh o‘zlari birovlarning qo‘lida o‘sganlari uchun bolani qoldirishga qaror qilgan.
Izoh (0)