Xonanda Sardor Mamadaliyev o‘zining “Dil yarasi” nomli yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, klipda taniqli aktyor Karim Mirhodiyev va 2015-yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshi kinoaktrisa sifatida “E’tirof” mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisa Yulduz Rajabova suratga tushgan.
Qo‘shiq va klip bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)