Huffington Post nashri Kembrij gersoginyasi Keyt Middltonga taklif etilgan redaktor sifatida hamkorlik qilishni taklif qildi. Bu haqda Us Weekly ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Nashr rahbariyati Keyt Middlton hamkorlik doirasida bir nechta mualliflik maqolasini taqdim etishini kutmoqda. Ulardan biri kutilmagan mavzu – bolalarning ruhiy salomatligi haqida bo‘lsa, ikkinchisi qirollik oilasi vakili uchun an’anaviy mavzu – xayriya ishlari haqida bo‘ladi.
Keyt Middlton ushbu ikki sohadagi kuzatishlari va tajribalarini keng auditoriya bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning redaktorlik lavozimidagi navbatchiligi faqat bir kun davom etishi ma’lum qilinmoqda.
Ma’lumki, bolalarning ruhiy salomatligi mavzusi Keyt Middltonning xayriya faoliyatidagi asosiy mavzulardan biri hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida ushbu masala bilan shug‘ullanuvchi bir nechta tashkilot va jamg‘armani qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)