Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-yanvarning muhim yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Popcorn.uz”

Foto: “Popcorn.uz”

1. 2015-yilning yozida ikki qizni urib ketgan avtobus haydovchisiga amnistiya qo‘llanilib, ozod etildi. “Biz sud hukmidan hayratdamiz. Aybdor jazosiz qolmoqda. Ota-onalar bu hukmni adolatsiz deb hisoblaydi”.

2. Syerra-Leone hukumati Ebola bilan kasallanish hodisasi yuz berganligini tasdiqladi. 14-yanvar, payshanba kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasining tugaganligini e’lon qilgandi.

3. Toshkentda “SuvGeo” ilmiy-tadqiqot instituti binosida yong‘in chiqqani xabar berildi. Toshkent shahridagi “Novza” metrosi yaqinida, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “SuvGeo” ilmiy-tadqiqot institutida yong‘in chiqdi.

4. Tojikistonning 40 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. Shu tariqa birinchi navbatda katta yoshdagi fuqarolarga haj ziyoratini amalga oshirishga imkon beriladi.

5. Husan: Meni avtohalokatda o‘ldiga chiqarganlarga insof tilayman. “Oxirgi to‘rt kun ichida qo‘l telefonim tinmayapti. Hech qanday avtohalokatga uchraganim yo‘q, soppa-sog‘man”, — dedi xonanda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“AQSHning O‘zbekistonda harbiy bazasi yo‘q va kelgusida ham bu yerda harbiy baza yaratish bo‘yicha reja yo‘q” — elchi Jonatan Xenik
Dunyo
“Haqiqiy ekotsid!” — Zelenskiy Kaxovka GESi portlatilganiga munosabat bildirdi (video)
Mahalliy
“Biz AQSH e’lon qilgan sanksiyalar O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va sohalariga zarar yetkazmasligi uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz” — elchi