Kanadalik pop qo‘shiqchi Jastin Biber soatiga 40 kilometr tezlik bilan harakatlanayotgan 16 nafar velosipedchining kolonnasi g‘ildiraklari ostida qolishdan arang qutulib qoldi. Bu haqda TMZ xabar beradi.
Hodisa 13-yanvar kuni Kaliforniya shtatida joylashgan Malibu shahri shossesida yuz berdi. Sportchilardan biri Shon Ueydning so‘zlab berishicha, Biber kutilmaganda ular harakatlanayotgan yo‘lakka chiqqan. Velosipedchilar faqat mo‘jiza tufayli u bilan to‘qnashib ketmasdan, uni aylanib o‘tgan.
Dastlab sportchilar hodisa aybdoridan g‘azablangan bo‘lsa, keyinroq uni tanib qolib, shunchalik hayratga tushdiki, hatto undan yo‘lda kutilmaganda paydo bo‘lganlik sababini so‘rashni ham unutib qo‘ydi.
Izoh (0)