Xitoyning Dalian Wanda korporatsiyasi Gollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasini 3,5 milliard dollarga yaqin bo‘lgan narxda xarid qilishini bayon qildi. Bu haqda kompaniya vakillari bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Dalian Wanda kinokompaniyani faqat kinofilmlar uchun emas, balki intellektual mulkka bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish uchun harid qilmoqchi ekanligi ta’kidlandi.
Mol-mulki 40 milliard dollarga baholanayotgan va Xitoyning eng badavlat tadbirkori hisoblangan korporatsiya prezidenti Van Szyanlinning ma’lum qilishicha, mazkur qaror Xitoyning jahon kinosanoatidagi ovoz huquqini kuchaytiradi.
Izoh (0)